OITV GA TESTDAN O'TISH, HAYOTINGIZNI SAQLAB QOLADI
  • Sizda OITV bor yoki yo'qligini bilishning yagona yo'li - testdan o'tish. Ortga surmang! Hoziroq OITV ga tekin va anonim tarzda test topshiring.
    15 daqiqa vaqtingiz ketadi xolos!

OITV/OITS to'g'risida bilish muhim
OITV (odam immunitet tanqisligi virusi)
immunitetini yemiruvchi va inson organizmini infektsiyalarga nisbatan zaiflantiruvchi surunkali virusli kasallikdir. Zarur davo olinmasa, OITV OITSning rivojlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)
OITV infektsiyasining davolanmasa og'ir oqibatlar va o'limga sabab bo'luvchi oxirgi bosqichidir.
OITV quyidagi hollarda yuqadi:
  • prezervativdan foydalanilmagan anal, vaginal va oral jinsiy aloqa orqali;
  • in'yektsiya ignalari va shpritslaridan, pirsing va tatu uchun jihozlar, soqol olish piskalaridan birgalikda foydalanish orqali;
  • homiladorlik , tug'ruq va ko'krakdan emizish vaqtida, OITV yuqtirgan onadan bolasiga.
OITV quyidagi hollarda yuqmaydi:
  • oddiy do'stona yoki turmushdagi aloqada - quchoqlashish, qo'l berib salomlashish, o'pishlar va boshq. orqali;
  • hashoratlar - pashsha, so'na, ari va boshq. chaqishi orqali;
  • sport bilan shug'ullanish, basseynlar, saunalar, maktablar va boshqalarga borishda;
  • uy ro'zg'or buyumlari - idishlar, choyshablar, sochiqlar va boshqalar orqali.
Buni bilish muhim!
Hozirgi vaqtda, OITV-infektsiyasini to'liq davolash imkoni yo'q. Biroq, dori bilan davolash mavjud, uning yordamida odam to'laqonli turmush kechirishi, sport bilan shug'ullanishi, bola tug'ishi va hokazolar qilishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida OITV-infektsiyasini davolash BEPUL.

Testlar har xil bo'ladi
  • qon orqali ekspress - test - barmoqdan qon olish yo'li bilan amalga oshiriladi va 30 daqiqa ichida natijani bilish imkonini beradi
  • so'lak bo'yicha ekapress-test - tanglay oldi suyuqligidan namuna olish yo'li bilan amalga oshiriladi va natijani 30 daqiqa ichida bilish imkonini beradi
  • antitanalar uchun standart qon tekshiruvi (immunoferment tahlili) - maxsus jihozlangan laboratoriyalarda o'tkaziladi; qon, venadan olinadi va natija 1 dan 5 kungacha aniqlanadi
Buni bilish muhim!
Test topshirish, ixtiyoriy bo'lib, sog'liqni saqlash muassasalarida, OITSga qarshi kurash markazlarida va ekspress-test nuqtalarida amalga oshiriladi.

Test natijalari va boshqa qo'shimcha ma'lumotlar, tibbiy sir hisoblanib, qat'iy maxfiydir.

Agar test natijasi MANFIY bo'lsa
  • bu, sizda test topshirish vaqtida OITV ga antitanalar yo'qligi va sizda OITV - infektsiyasi yo'qligini bildiradi
  • bu, shuningdek, siz OITV allaqachon tanaga kirgan, ammo test tizimi hali OITVga antitanalarni aniqlamay olmaydigan "oyna davri" deb ataladigan davrdaligingizni ham anglatishi mumkin
"Oyna davri"
kasallik yuqqan vaqt bilan test-tizimi inson qonidagi OITV ga antitanalarni aniqlay oladigan vaqt oralig'idir (3 dan 12 haftagacha). Bu davr davomida, odam OITV bilan kasallanib bo'lgan va antitanalarga topshirilgan test manfiy bo'lsa ham uni boshqalarga yuqtirishi mumkin
  • Testni qachon qayta topshirish mumkin?
    Infektsiyaning yuqishi mumkin bo'lgan payt - masalan, prezervativsiz jinsiy aloqa, boshqa odamning qoni bilan aloqa qilish yoki boshqa birovning ignalari, shpritslari yoki piskalaridan foydalanishdan uch oy o'tgach test topshirish zarur. Limfa tugunlarining kattalashishi, uzoq muddatli isitma, kechalari terlash, ich ketishi, to'satdan vazn yo'qotish kabi alomatlar paydo bo'lsa, iloji boricha tezroq testdan (tekshiruvdan) o'tish kerak.
  • OITV testidan muntazam tarzda, bir yilda kamida bir marta o'tish zarur

Qanday qilib kasallik yuqishining oldini olish mumkin?
Jinsiy aloqa vaqtida:
Prezervativlardan foydalaning - bu o'zingizni OITV va boshqa jinsiy yo'l bilan infektsiyalardan saqlashning eng ishonchli usuli. Prezervativlarni sotib olish yoki ekspress-test topshirish nuqtalaridan bepul olish mumkin.
In'yektsiya va soqol olish jihozlaridan foydalanganda
  • faqat steril va bir martalik shprits va ignalardan foydalaning
  • ishlatilgan shprits va ignalardan foydalanmang
  • faqat o'zingizning soqol olish jihozlaringizdan foydalaning
Buni bilish muhim!
Ongni o'zgartiradigan har qanday moddaning iste'mol qilinishi, odamning qaror qabul qilish va natijada o'zini OITV infektsiyasidan himoya qilish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Agar test natijasi MUSBAT bo'lsa
  • bu sizning qoningizda OITVga antitanalar mavjudligi ehtimoli yuqori ekanligini bildiradi
Test o'tkazadigan mutaxassis, sizga davolanish va qo'llab -quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil aytib beradi, tibbiyot muassasalari yoki OITS markazining manzillari va aloqa usullarini beradi. Shuningdek, sizni zarur bo'lgan psixologik va ijtimoiy yordam olishingiz mumkin bo'lgan OITVga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan tanishtirishadi. Xohishingizga qarabz, davolanishning boshlanishida yordam va maslahat berish uchun, sizga yordam beruvchi va hamrohlik qiluvchi ijtimoiy xodim tayinlanadi.
  • Davolanish, sog'lik va hayotni saqlashga yordam beradi
  • Davolanish, virusning ko'payishining oldini oladi
  • Davolanish tufayli OITV bo'lgan odamlar to'laqonli hayot kechirishlari mumkin
  • Rossiya Federatsiyasida, OITV ni davolash antiretrovirusli davolash BEPUL amalga oshiriladi
Kamdan - kam hollarda OITV ga topshirilgan test natijalari noto'g'ri musbat (ular bo'lmasa ham antitanalar borligini ko'rsatish) bo'lishi mumkin. Bunday hollarda, virusni aniqlash uchun qo'shimcha tadqiqotlar o'tkaziladi.

OITV bilan yashovchi odamlarning jinsiy sheriklarining test topshirishi, juda muhim
Agar siz noqulaylik sezsangiz va sherigingizga sizda topilgan OITV-infektsiyasi to'g'risida qanday aytishni bilmasangiz, sizga shifokor, maslahatchi yoki psixolog yordam beradi. Ular sizning sherigingiz bilan bevosita, sizning qatnashuvingizsiz gaplashishadi.

OITV testidan o'tish, homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki bola kutayotgan ayollar uchun ayniqsa muhimdir
Homiladorlik boshida yoki uni rejalashtirish bosqichida OITVni aniqlash, sizga o'z vaqtida sog'ligingiz haqida muhim qarorlar qabul qilish va chaqalog'ingizning sog'ligini saqlash imkonini beradi.
  • Agar siz homilador paytingizda OITV bilan kasallanganligingizni bilib qolsangiz, bilingki zamonaviy davolash, sizning sog'ligingizni himoya qilish va OITV ni bolangizga yuqishini oldini olish imkonini beradi. Agar siz davolanmasangiz, bolangizga infektsiyani yuqtirish ehtimoli 40% gacha, agar davolanish o'z vaqtida boshlansa, OITV ni yuqish xavfi 1% dan kamni tashkil qiladi
  • O'z vaqtidagi profilaktika choralari OITV-musbat onalarga sog'lom bolalar tug'ish imkonini beradi

BUGUNOQ TESTDAN O'TING!
Esingizda bo'lsin! OITV ga testdan o'tish - o'z kelejagi to'g'risida qayg'urishning eng muhim qismidir. Erta tashhis va davolash, siz va sizning yaqinlaringizning hayoti va sog'ligini saqlab qolishga yordam beradi.